BAA Pro ligasi. Erkinovning golli uzatmasi "Al Vahda"ga 1 ochko taqdim etdi

Оқил Абдубарноев
13 fev 2024, 20:20
Birlashgan Arab Amirliklari Pro ligasining 13-turidan o'rin olgan "Al Vahda" - "Sharja" uchrashuvi yakunlandi.

Mazkur bahsning 31-daqiqada mezbonlarning o'zbekistonlik vingeri Hojimat Erkinovning pasidan so'ng Ahmad Nurulloh "Al Vahda"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

VIDEO

Ikkinchi bo'limning 63-daqiqasida esa Sebastyan Tagliabue hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvda boshqa gol urilmadi - 1:1.

O'zbekistonlik futbolchi uchrashuvda to'liq harakat qildi.

Ayni damda "Al Vahda" 21 ochko bilan turnir jadvalining 5-pog'onasida bormoqda. Klub navbatdagi uchrashuvini 25 fevral kuni "Al Bataex"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia