BAA Prezidenti Kubogi. Shukurov harakat qilayotgan "Sharja" penaltilar seriyasida G'anievning "Shabab Al Ahli"sidan ustun keldi

Alisher
17 yanv 2022, 11:33
BAA Prezidenti Kubogi chorak final doirasidagi "Sharja" - "Shabab Al Ahli" o'yini bo'lib o'tdi.

"Sharja" yarim himoyachisi Otabek Shukurov 120 daqiqa maydonda harakat qildi. "Shabab Al Ahli"da esa G'aniev 120-daqiqada penaltilar seriyasi uchun maydonga tushirildi.

Qayd etish kerakki, ikkala o'zbekistonlik ham penaltilar seriyasida jamoalarining ilk gollariga mualliflik qilishdi.

Yakunda omad "Sharja"ga kulib boqdi va jamoa keyingi bosqichga yo'l oldi.


BAA Prezidenti Kubogi.

"Sharja" - "Shabab Al Ahli" 0:0 (4:2, penaltilar seriyasi)



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia