BAA Prezidenti Kubogi. “Sharja” superkambek qilib, finalga yo'l oldi. Shukurov to'liq o'ynadi

Eldor Akmurzayev
23 fev 2022, 07:35
BAA Prezidenti Kubogi 1/2 finali javob bahsida “Sharja” 3:2 hisobida “Al Vasl”ni irodali tarzda mag'lub etdi.

Avvaliga, dubayliklar 2:0 hisobida oldinga o'tib olishgandi. Biroq, sharjaliklar vaziyatni o'nglab, Usmon Kamaraning goli va Kayoning dubli evaziga kambek ko'rsatdi hamda musobaqa finaliga yo'l oldi. Mezbonlar safida Otabek Shukurov o'yinni to'liq o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz, ilk o'yinda nursiz durang qayd etilgandi. Shunday qilib, “Sharja”ning finaldagi raqibi “Al Vahda” bo'ladi.

“Sharja” – “Al Vasl” 3:2 (0:0, 3:2)

“Sharja” stadioni

Gollar: Jilberto 52 – 0:1, Xabush 57 – 0:2, Kamara 77 – 1:2, Kayo 90 – 2:2, Kayo 90+2 – 3:2.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia