BAA. Haydarov gol urib "Al Shabab"ga g'alaba keltirdi

Birlashgan Arab Amirliklarida o'ynaydigan hamyurtimiz Azizbek Haydarov to'p tepadigan "Al Shabab" jamoasi 15-turni o'z uyida "Al Vahda"ga qarshi o'tkazdi.

O'yinda "Bunyodkor"ning OCHL-2016 pley-offidagi raqibi 1:0 hisobida g'alaba qozondi. "Shabab" safida yagona golni hamyurtimiz Azizbek Haydarov penaltidan urdi.

Haydarov doimgidek 90 daqiqa o'ynadi. "Al Shabab" 15ta o'yindan 23 ochko to'plab musobaqa jadvalining 6-pog'onasida bormoqda. Jamoa keyingi o'yinni 29 yanvar kuni safarda "Dibba Al Fujayra"ga qarshi o'tkazadi. 

BAA chempionati, 15-tur.

"Al Shabab" - "Al Vahda" 1:0
Gollar: Azizbek Haydarov 87 penalti


Manba: championat.asia