BAA chempionati. Doston Hamdamov maydondan chetlatilgan o'yinda "Xatta" g'alabaga erishdi

Sherzod Nurmatov
6 mar 2021, 23:41
Birlashgan Arab Amirliklari chempionati 19-turining navbatdagi uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.

Doston Hamdamov harakatlanayotgan "Xatta" jamoasi o'z maydonida "Al Fujayra"ni qabul qilib, kichik hisobda g'alaba qozondi. Yurtdoshimiz 65 va 73-daqiqalarda hakam tomonidan ogohlantirilib, maydonni erta tark etishga majbur bo'ldi.  

"Xatta" 8 ochko bilan musobaqa jadvalida oxirgi, yani 14-o'rinda borayotgan bo'lsa, "Al Fujayra" 10 ochko bilan 12-o'ringa joylashgan.   

Eslatib o'tamiz, Doston Hamdamovning transfer huquqi Dubayning "Al Nasr" klubiga tegishli bo'lib, u ijara asosida "Xatta" sharafini himoya qilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia