"B" Seriyaga chiqqan "Parma" antiqa uslubda shug'ullanmoqda (FOTOGALEREYA)

Tolibjon Qosimov
20 iyul 2017, 21:34
Italiyaning "Parma" klubi bankrot deb e'lon qilingach, havaskorlar ligasiga badarg'a qilingan edi.

Klub 2 yilda "D" Seriyadan "B" Seriyaga chiqishni uddaladi. Endi jamoa o'z oldiga yangi mavsumda "A" Seriyaga chiqish vazifasini qo'ydi. Agar "Parma" bu ishni uddalasa, 3 yilda havaskorlar ligasidan "A" Seriyaga chiqqan birinchi jamoaga aylanadi.

"Parma" Italiyada hali hech bir jamoa qila olmagan ishni qilmoqchi.

Bosh murabbiy Roberto D’Aversa "B" Seriyaga chiqqan jamoasining mashg'ulotlarini ham yangi darajaga olib chiqdi.

Mashg'ulotlardagi bunday antiqa uslubni har doim ham ko'ravermaysiz.

Antiqa uslub futbolchilarga ham yoqib tushgani ko'rinib turibdi.

Bunaqangi tabiatga ega joyda mashg'ulot olib borishning o'zi "kayf" bo'lishi aniq. Ma'lumot uchun bu Italiyaning Trento shahri yaqinidagi Pinzolo shaharchasi. Bu shaharchada turizm yaxshi rivojlangan.


GettyImages suratlari yordamida Tolibjon Qosimov tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia