Azmunga "Bayer", "Vulverxempton" va "Bryugge" qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2019, 21:45
"Rubin" va Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmunga Yevropaning bir nechta klubi qiziqmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, eronlikka "Bayer", "Vulverxempton" va "Bryugge" da'vogarlik qilmoqda.

"Rubin" barcha potencial xaridorlar bilan muzokaralar o'tkazib, eng maqul variantni izlamoqda.

Oldinroq, "Rubin" Azmun uchun "Anderlext"dan 10 mln. evro talab qilayotgani ma'lum bo'lgandi. Eronlik hamda Rossiya klubi o'rtasidagi bitim 2020 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport24