Azizbek Haydarov terma jamoa lagerini tark etdi

Narzulla Saydullayev
11 noya 2016, 21:39
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Azizbek Haydarov 15 noyabr kungi bahsda maydonga tusha olmaydi.

"Azizbek Haydarov Janubiy Koreaga qarshi o'ynamaydi. U bugungi mashg'ulotda yana jarohat oldi va terma lagerini tark etdi", - deb yozadi futbol agenti Sanat Sharipov tvittyerdagi o'z sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Haydarov "Al Shabab" klubi safida jarohat olib Toshkentga kelgandi. Jarohati u qadar jiddiy bo'lmagani uchun kecha bo'lib o'tgan Iordaniya bilan bahsda zaxiradan maydonga tushgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia