Aziz To'xtaboev: “Raqibni xato qilishga majbur etmaganimizda avtogollar bo'lmasdi”

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2019, 21:29
Superliga 11-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Dinamo” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Aziz To'xtaboev qatnashdi.

- Bugungi o'yinda g'alaba qozonishni maqsad qilgandik. Ochilish uchrashuvida muxlislarimizni xursand qilishni rejalashtirgandik. Rejamiz biroz o'xshamay qoldi. Vaziyatlardan unumli foydalana olmaganimiz bizga pand berdi. Keyingi uchrashuvda ishqibozlarimizni xushnud etishga harakat qilamiz.

Jamoada qancha qolishim o'zimizga, ko'rsatgan natijalarga bog'liq. Bugungi bahsda raqibni xato qilishga majbur etmaganimizda avtogollar bo'lmasdi. Qolversa penalti bo'lgan vaziyatlarda ham futbolchilarimiz xatolarga yo'l qo'yishdi. Aks holda raqib to'rtta gol ura olmagan bo'lar edi.

Quvondiq Ro'zievni almashtirganim undagi charchoq bilan bog'liq. Quvondiq terma jamoada ham ancha kuch sarfladi. Shuning uchun unga vaqtliroq dam olish imkonini berdim.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz