Aziz To'xtaboev: “Quvondiq Ro'zievni qo'yib yuborishimiz mumkin, faqat bitta shart bilan”

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2019, 17:25
Supeliga 12-tur doirasidagi So'g'diyona - Qo'qon-1912 uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo'qon-1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Aziz To'xtaboev qatnashdi.

- Bugungi uchrashuv durangga mos bo'ldi. Har ikki jamoada ham ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. Bugungi durangni yutuqqa teng deyishimiz mumkin. Hozir har bir ochko oltinga teng. Bizga hozir bitta g'alaba yetishmayapti. G'alaba qozonganimizdan keyin hammasi o'zgarib ketishiga ishonaman. Davralar oralig'ida tarkibimizda o'zgarishlar bo'ladi. Barcha futbolchilarimizning shartnomalari bor. Hozirgi vaziyatda jamoa manfaatini birinchi o'yinga qo'ygan holda transferlarni amalga oshirishni maqsad qilganmiz. Jamoaning yetakchi a'zolarisiz oldimizda turgan vazifalarni bajara olmaymiz. Quvondiq Ro'ziev borasida aytadigan bo'lsam, uni faqat xorijiy jamoaga qo'yib yuborishimiz mumkin xolos.

Kezi kelganda, bugungi uchrashuvda bizni tinimsiz qo'llab-quvvatlab kelgan muxlislarimizga o'z minnatdorchiligimni izhor etaman. Ularning daldasi bizga katta yordam bermoqda.



Video. Quvondiq Ro'ziev bilan sensacion intervyu -  "Oficiantlik qilgani, Sidiqov, Ektor Kuper va "Qo'qon-1912" haqida 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz