Aziz Ibragimov: "Obod"ga qarshi o'yin tomoshabop bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
10 mar 2016, 23:30
Oliy liganing 2-turidan o'rin olgan "Obod" - "Buxoro" uchrashuvidan oldin mehmonlar yarim himoyachisi Aziz Ibragimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Obod"ga qarshi o'yin ancha tomoshabop va keskin kurashlarga boy tarzda kechishini taxmin qilyapman. "Obod" elitadagi ilk uy uchrashuvini o'tkazadi, shu sababli raqib g'alaba uchun borini berib harakat qilishi tabiiy.

Toshkent klubi o'yinchilari juda yosh bo'lishlariga qaramay ancha tezkor futbol namoyish etishar ekan, aynan shu jihatlarini takidlagan bo'lar edim. Biz ham o'yinga to'liq tayyormiz va g'alaba qozonish uchun borimizni berib harakat qilamiz", - deydi Aziz Ibragimov.

"Buxoro" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia