Aziz Ibragimov: "Kayfiyat a'lo darajada"

Oliy liganing so'nggi hal qiluvchi o'yinida Jizzaxda "So'g'diyona" ustidan g'alabaga erishgan "Buxoro" jamoasi yetakchisi Aziz Ibragimovning fikrlari bilan qiziqdik.


"Jizzaxda chempionlikka mos o'yin bo'lib o'tdi. Stadionga kelgan muxlislar ham futboldan zavf olishdi, lazzatlanishdi. O'yin juda tomoshabop o'tdi va ishqibozlar beshta gol ko'rishdi. Buxorodan kelgan va barcha jamoamizning muxlislariga katta rahmat aytamiz. Ular bugun juda ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashdi. Biz bajarilishi qiyin bo'lgan vazifani uddaladik. "Buxoro" oliy ligada qoldi. Shunga monand kayfiyatimiz ham juda ko'tarinki. Bir so'z bilan aytganda, hammasi a'lo darajada"
, - deydi Aziz Ibragimov.


Manba: championat.asia