Aziz G'aniev o'ynaydigan "Shabab Al Ahli" klubi bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

Alisher
9 mar 2020, 13:52
BAAning "Shabab Al Ahli" jamoasi bosh murabbiysiz qoldi.

44 yoshli argentinalik mutaxassis Rodolfo Martin Arruabarrena iste'foga chiqarildi. U klubni 2018 yildan beri boshqarib kelayotgandi.

"Shabab Al Ahli" o'z uyida "Al Nasr" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi va argentinalik shundan so'ng vazifasidan ozod qilindi.

Eslatib o'tamiz, "Shabab Al Ahli" chempionatda 18 turdan so'ng 40 ochko to'plagan holda jadvalning birinchi o'rnida ketmoqda. Taqibchi "Al Ayn" bilan o'rtadagi farq 3 ochkoni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: shababalahli.ae