

Aziz Asimovga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Andrey Sapenko yordam beradi. Zaxira hakami – Dmitriy Pislegin. Uchrashuvga komissar etib hindistonlik Rufus Princ tayinlandi. Hakamlar nazoratchisi vazifasi Vikramatunga Nimalga yuklatildi.
Suriya klubi mazkur bellashuvning nominal mezboni bo'lgani va mamlakatda siyosiy holat barqaror bo'lmagani uchun o'yin neytral hudud – Livanda bo'lib o'tadi. Uchrashuv 14 mart kuni o'tkaziladi.



