Aziz Amonov: "Osiyo Kubogida maydonga tushmadim? Biz maydonga tushsak ham, tushmasak ham bir jamoamiz. Asosiysi – jamoa g'alabasi"

Sherzod Nurmatov
18 mar 2024, 17:59
O'zbekiston milliy terma jamoasi bugundan JCH-2026 saralashidan o'rin olgan Gonkongga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi.

Terma jamoa a'zolari Toshkentda yig'inga kirishishdi. Bugungi mashg'ulot avvalida "Xorfakkan" futbolchisi Aziz Amonovning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Bo'lajak o'yinlarga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

- Barchani Ramazon oyi bilan tabriklayman. Terma jamoaga chaqirilganimdan xursandman. Har bir o'yinga jiddiy qaraymiz. Muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. 

- Gonkong O'zbekiston uchun qanday raqib?

- Hozir barcha futbol o'ynashni o'rganib olgan. Agar jiddiy tayyorgarlik ko'rmasangiz, ishtiyoq bo'lmasa, istalgan jamoa sizni yutib qo'yishi mumkin. Shu bois jiddiy hozirlik olib boramiz va bor kuchimizni ishga solamiz. 



- Osiyo Kubogi vaqtida siz va Bobir Abdixoliqov maydonga tushirilmadingiz. Xafa bo'lish holati bo'lmadimi?

- Biz maydonga tushsak ham, tushmasak ham bir jamoamiz. Asosiysi – jamoa g'alabasi. Kimni maydonga tushirishni bosh murabbiy hal qiladi. Biz professionalmiz. Qancha imkoniyat bersa, foydalanishga tayyormiz. 

- Hozir Ramazon oyida futbolchilarga qiyin bo'lmayaptimi?

- Birinchi yil emas-ku. Hammasi yaxshi. 

- O'zbekiston Gonkongni qog'ozda yutib bo'lgan. Tarkib jihatdan ham ulardan ustunmiz. Ushbu omil futbolchilarga qanchalik ta’sir qiladi?

- Biz ustunmiz, lekin o'yin hali boshlangani yo'q. Futbolda o'yingacha ustunlik sizda bo'ladi. Maydonda barchada imkoniyat tenglashadi. Hozirgi futbolda ishtiyoq bo'lmasa, istalgan raqib bir-birini mag'lub etishga qodir.

VIDEO. O'zbekiston MTJning bugungi mashg'ulotidan ajoyib video

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia