

Dastlabki kungi mashg'ulotlar Toshkent shahrida "To'qimachi" stadionida o'tkazildi.
Quvnoq kayfiyatda o'tkazilgan mashg'ulotdan so'ng jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri Azim Ahmedovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichida ko'proq jismoniy holatga e'tibor qaratildi. Ikkinchi bosqich ko'rganingizdek Toshkentda o'tmoqda. Safimizga yaxshi futbolchilar kelib qo'shilayotganini aytish joiz. Chempionatga hozirlik yaxshi ketyapti. 30 yanvar sanasiga qadar poytaxtda, shundan so'ng xorijda mashg'ulotlarni davom ettiramiz. U yerda ko'proq nazorat uchrashuvlarida ishtirok etishimiz ko'zda tutilgan. O'ylaymanki, yangi qo'shilgan futbolochilar bilan bir-birimizni yanada yaxshiroq tushunib olamiz.
Jamoamiz oldiga har doim chempionlik va yuqori o'rinlar uchun kurashish maqsad qilib qo'yiladi. O'tgan yili ham maqsadimiz shunday edi. Biroq pandemiya sabab o'ylaganlarimiz o'xshamadi. Bu yil niyatimiz kuchli uchlikka kirish va OCHLga yo'llanma olish.
Legionerga aylanishimga ozgina qolgandi. Lekin viloyat hokimimiz bilan qolaversa Odil akam bilan maslahatlashib "Navbahor"da o'ynaydigan bo'ldim",- deydi Azim Ahmedov.



