Azar: "Real"dagi ilk mavsumim o'xshamadi"

Alisher
26 mar 2020, 17:23
"Real" hujumchisi Eden Azar o'zining "qirollik klubi"dagi ilk mavsumi haqida gapirdi.

"Mening "Real"dagi ilk mavsumim o'xshamadi, ammo hammasi ham dahshatli emas. Bu ko'nikish mavsumi bo'ldi. Ikkinchi mavsumim uchun baho berish kerak bo'ladi.

Bu yerda ajoyib jamoa bor va men ko'plab yangi odamlar bilan tanishdim. Bu men uchun katta tajriba. Shartnoma bo'yicha yana to'rt yil shu yerdaman va umid qilamanki, formaga kirib olaman", - deydi Azar.

Eden Azar joriy mavsum "Real" safida La Ligada 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: footballhd.ru