Azar "Real"da Bekxem o'ynagan raqamda o'ynaydi

Mirjalol Normatov
14 iyul 2019, 16:57
"Real"ning yangi futbolchisi Eden Azar jamoadagi raqamini aniqlab oldi.

"Marca" xabariga ko'ra, belgiyalik futbolchi 23-raqamda o'ynaydi. Bunga sabab sifatida u NBA afsonasi Maykl Jordanning o'yinlariga ishqiboz bo'lganligini aytgan.

Bunga qadar "Real" safida 23-raqamda Devid Bekxem, Mesut Ozil va Isko kabi futbolchilar faoliyat olib borgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca