Azar "Real" futbolkasida rasmga tushdi

Eldor Akmurzayev
31 may 2019
Belgiya termasi vingeri Eden Azar biroz vaqt dam olish uchun Ispaniyaga yo'l oldi.

 U Marbele shahridagi muxlislar bilan uchrashib, ularga dastxat ulashgan. Shuningdek, muxlislardan biri Azar bilan Real futbolkasida rasmga tushishni so'ragan, 28 yoshli futbolchi esa bunga qarshilik qilmagan. 

Avvalroq, qirollik klubi London jamoasi bilan kelishuvga erishmagani sabab, Azarni dushanba kuni tanishtira olmasligi aytilgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia