Azar: "Chelsi"dagi eng kulgili futbolchi - David Luis"

Aslanov Jasurbek
12 noya 2017
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar London klubidagi eng kulgili futbolchi kim ekanligini aytdi.

"David Luis, bu aniq. U doimo kuladi, yaxshi kayfiyatda yuradi, shu sababli kiyinish xonasida bunday yigitlar bo'lgani yaxshi. U ajoyib" - deydi Azar.

Oldinroq, David Luis va "Chelsi" ustozi Antonio Konte o'rtasida janjal bo'lgani va aynan shu sabab tufayli himoyachi MYUga qarshi APLning 11-tur uchrashuvida (1:0) ishtirok etmagani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports