Azar "Chelsi" safida APL o'yinlarida 50 ta gol urgan oltinchi futbolchiga aylandi
Aslanov Jasurbek
27 dek 2016, 12:12
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar "Bornmut"ga qarshi bahsda gol urib, o'z jamoasining yirik hisobdagi (3:0) g'alabasiga yordam berdi.
Shunday qilib, Azar Angliya Premer-ligasi o'yinlarida 50 ta gol urgan "Chelsi"ning oltinchi futbolchisiga aylandi. Bungacha Frenk Lempard, Dide Drogba, Jimmi-Floyd Xasselbaynk va Eyder Gudonsen ushbu natijaga erishgan.