Azamat Ilyosov: "Jismoniy jihatdan ko'rsatkichlarimiz yuqori emasligi pand bermoqda"

Narzulla Saydullayev
24 avg 2013, 20:24
Nukusda kechgan "Orol" - "Oq-tepa" (1:1) bahsida mezbonlar safida eng yaxshi o'yin namoyish etganlardan biri bu himoyachi Azamat Ilyosov bo'ldi.
Uchrashuvdan keyin uning fikrlari bilan qiziqdik.

- Azamat, bugun jamoangiz g'alaba qozonishi ham hech gap emasdi. Ammo ikkinchi bo'limda o'z darvozalaringdan to'p o'tkazib yuborib, tayyor g'alabani qo'ldan boy berdinglar. O'yin yoqdimi?
- O'yin zo'r bo'ldi. Futbolda sen urmasang, senga urishadi degan gap bor. Bugun shunday bo'ldi. Gol urish uchun ko'plab vaziyatlarni yaratdik. Biroq ulardan foydalanishga kelganda bizga aniqlik yetishmadi. Oq-tepa esa bitta imkoniyatdan foydalanib qoldi. Bu jamoa yutsa bo'ladigan raqib. Toshkentliklar safida menga Nikita Pavlenkoning o'yini yoqdi.

Bizning asosiy kamchiligimiz bu jismoniy tayyorgarligimizning juda sustligidir. Aynan shu tomondan ko'p o'yinlarda raqibga yutqazib qo'ymoqdamiz.


Adilbay Allaniyazov suhbatlashdi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia