Azamat Abduraimov: "Istiqlol" menda yaxshi taassurot qoldirdi"

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2013, 15:47
Toshkentdagi ikkinchi uchrashuvni Istiqlolga qarshi o'tkazib yirik hisobda g'alaba qozongan Andijon jamoasi bosh murabbiyi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun maydonga faqat g'alaba qozonishni maqsad qilib tushgandik. Shogirdlarim o'yindan oldingi ko'rsatmalarimni maydonda ijobiy tarzda bajara olishganidan xursandman. Istiqlol jamoasi to'g'risida iliq fikrlarni bildira olaman. Chunki birinchi davrada poytaxtliklar bizga etarlicha qarshilik ko'rsatishgan. Bugun ham mezbonlarning jiddiy qarshiligiga duch keldik. Umuman olganda, Istiqlol namoyish etgan o'yin menda yaxshi taassurot qoldirdi.  Bugun hisob yanada yirikroq ko'rinish olishi mumkin edi. Lekin ayrim vaziyatlarda hujumchilarimizdan omad yuz o'girdi", - deydi Azamat Abduraimov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz