Azamat Abduraimov: "Ikkinchi taymda "Buxoro" futbolchilarining mahorati sezilib qoldi"

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2021, 12:57
Pro liganing 13-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Yangier" (3:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Azamat Abduraimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi navbatda "Buxoro"ni g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi taymda o'yin teng bo'ldi va ikkala jamoada imkoniyatlar bo'ldi. Ammo ikkinchi taymda "Buxoro" klubi futbolchilarining mahorati sezilib qoldi. Raqib jamoa Superligaga chiqish uchun kurashmoqda, shu bois tajribali futbolchilar ko'p. Yigitlarim birinchi taymda tengma-teng o'ynashdi. Ikkinchi taymda bir nechta xatolar tufayli gollar o'tkazib yubordik. Ishlashda davom etamiz. Hozir tanaffus bo'ladi va tarkibni kuchaytirish, taktika ustida ishlash uchun vaqtimiz bo'ladi", - deydi Azamat Abduraimov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia