Azamat Abduraimov: "G'alabani osonlikcha qo'lga kiritganimiz yo'q"

Narzulla Saydullayev
22 avg 2013, 15:47
3-turda “Andijon” Kosonning “Alanga” jamoasi mehmoni bo'lib 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
Mezbonlar himoyachisi o'z darvozasini ishg'ol etib qo'yishi andijonliklarga uch ochko keltirdi. Ushbu o'yin to'g'risida Azamat Abduraimov quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Safarda kichik hisobda g'alaba qozongan bo'lsak-da, muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik va natijadan albatta qoniqish hosil qildim. Boshqa tomondan olib qaraganda, uchrashuvda yirik hisobda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Lekin juda qulay vaziyatlardan foydalana olmadik. Alisher To'xtasinov, Akmal Jo'raboev va Bahrom Abdurahimovda gol urishlari uchun yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Boz ustiga mezbonlar avtogol qayd etishdi. Imkoniyatlarni golga aylantira olmaganimiz albatta xafsalamni pir qildi. Yana shuni aytish kerakki, maydonning holati talab darajasida emasligi yaxshi o'yin ko'rsatishimiz imkonini bermadi. Shu o'rinda “Alanga” ham yoshlardan iborat yaxshi jamoa ekanligini aytib o'tishim kerak. Jamoaning tartibli o'yin ko'rsatishi menga yoqdi. Umuman olganda g'alabani osonlikcha qo'lga kiritganimiz yo'q.

Kosondagi g'alabadan keyin Samarqandga keldik va “Sherdor” bilan bo'ladigan o'yinga yaxshi kayfiyatda tayyorgarlik ko'ryapmiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz