Ayollar o'rtasida ilk Finalissima: Angliya penaltilar seriyasida Braziliyani mag'lub etdi

Aziz Tukhtamuradov
7 apr 2023, 08:43
Ayollar futbolidagi ilk Finalissimada Angliya va Braziliya terma jamoalari to'qnash kelishdi.

Finalissima - Yevropa chempionati va Amerika kubogi g'oliblari o'zaro to'qnash keluvchi bitta o'yindan iborat rasmiy turnir. 

Kecha "Uembli" stadionida Angliya va Braziliya terma jamoalari to'qnash kelishdi va asosiy vaqt 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

23-daqiqada Ella Tun Angliyani hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, Andressa Alves qo'shimcha vaqtlarda gol urib, hisobni tenglashtirdi. 

Penaltilar seriyasida esa Yevropa chempionlari 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi va mazkur musobaqaning ilk g'oliblariga aylanishdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sport24