Ayollar futboli. O'zbekiston U-16 Xalqaro musobaqada ikkinchi o'rinni egalladi

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2018, 09:33
Qirg'izistonning Bishkek shahrida tashkil etilgan Xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi bugun musobaqa doirasidagi so'nggi o'yinni o'tkazdi.

Vakillarimiz turnir mezboni Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang qayd etishdi.

Bungacha vakillarimiz Qozog'iston U-17 bilan 1:1 hisobida durang qayd etishgan bo'lsa, keyingi turda Tojikistonni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishgandi.
 
Shu tariqa uchta o'yinda ikkita durang va bitta g'alaba qozongan Ilhom Xanjariev shogirdlari xalqaro musobaqada 2-o'rinni qo'lga kiritishdi. Qozog'iston U-17 terma jamoasi esa musobaqa g'olibiga aylandi.

Terma jamoamiz darvozaboni Angelina Polyushkevich musobaqaning eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olinganini ham ta'kidlab o'tish kerak.
 

 
Xalqaro musobaqa
Qirg'iziston U-16 - O'zbekiston U-16  2:2
Gollar
: Kamola Erkinova (9), Oysara Suyunova (10) - Tolgonay Almazbekova (28,52)
Qirg'iziston U-16: O.Sodiqova, B.Bayzuldaeva, A.Akilbekova, Ayday Nurlan qizi, Esfira Salieva, T.Almazbekova, S.Qurbonbek qizi, A.Kanat, Z.Axmatqulova, J.Qodirbek qizi, A.Zorodina.
O'zbekiston U-16: Angelina Polyushkevich, Kamola Erkinova, Nodira Iskandarova, Diyora Jo'raboeva, Umida Xatamova, Marina Korsnikova, Zarina Mamatkarimova, O'g'iloy Saydullaeva, Parvina Sodiqova, Oysara Suyunova, Zarina Jumaeva.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz