

“Neftchi-W” jamoasi nimchorakning ilk bahsini safarda, “Navbahor”ga qarshi olib borishdi va 5:0 natijasida g'alabaga erishishdi. Bahsda “Neftchi”dan Adiba Omonova ikki marta penaltini aniq amalga oshirdi. Shuningdek Shaxnoza Karimov, Xilola Obidjonova hamda Zarxumor Ne'matovalar bittadan gol kiritishga erishishdi.
Bugun esa Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionda mazkur bahsning javob uchrashuvi o'tkazildi. Qizg'in kechgan raqobat gollarga boy o'tmagan bo'lsada, vakillarimizning zafari bilan xotima topdi. 1:0. Uchrashuvdagi yagona golga Zarxumor Ne'matova mualliflik qildi.
“Neftchi-W” jamoasining O'zbekiston Kubogi chorak finalidagi raqibi 4 sentyabr kungi qur'a tashlash marosimidan so'ng ma'lum bo'ladi. Vakillarimizga navbatdagi bosqichda ham omad tilab qolamiz!
“Neftchi” matbuot xizmati



