Ayollar futboli. "Lokomotiv-W"da yana mag'lubiyat

Aslanov Jasurbek
20 may 2015, 12:38
O'z tarixida birinchi bor ayollar futboli bo'yicha oliy ligada ishtirok etayotgan "Lokomotiv-W" 19 mayda 3-tur uchrashuvini o'tkazdi.

Toshkent viloyatida joylashgan "Do'stlik" stadionida bo'lib o'tgan bahsda "Lokomotiv-W" qizlari muborakning "Mashal-W" jamoasiga qarshi maydonga tushishdi.

Afsuski, bu uchrashuvda ham Vohid Xolboev shogirdlari yutqazib qo'yishdi. O'tgan turda qizlarimiz "Sevinch"dan mag'lub bo'lishgandi, bu safar "Mashal-W"ga g'alaba qozonish nasib etdi. O'yin 1:4 hisobida yakun topdi. Bizdan yagona golni raqib darvozasiga 20-raqamdagi futbolchi qizimiz Nodira Jumaniyozova kiritdi.

Ayollar futboli bo'yicha O'zbekiston chempionati

3-tur. 19 may

"Lokomotiv-W" - "Mashal-W" 1:4

"Lokomotiv-W" tarkibi:

1. Usarova Inara

2. Berdieva Zuhra

6. Jo'raeva Nasiba

7. Boboeva Zarina

8. Xalilova Malika

11. Husniddinova Soliha

12. Abdullaeva Nilufar

17. Baxtiyorova Durdona

18. Jumanova Xurshida

19. Nazarova Maya

20. Jumaniyozova Nodira

Zaxiradagilar:

16. Qodirova Go'zal

9. Oblaqulova O'g'iloy

10. Norboeva Aziza

15. Abdurayimova Madina

22. Sobirjonova Sabrina

41. To'raeva Umida

87. Xodjaeva Gulruhbegim


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: lokomotiv.uz