Ayollar futboli kuniga atab festival o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
1 apr 2016, 11:15
29 mart kuni O'zbekiston Futbol Federatsiyasi qoshidagi sun'iy qoplamali futbol maydonida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ayollar futboli kuniga atab festival o'tkazildi.

Futbol festivalida o'rta-maxsus talim maktablarida tahsil oladigan 12 yoshgacha bo'lgan qizaloqlar ishtirok etadi. Mamlakatning turli maktablaridan ushbu futbol bayrami uchun 200 nafar o'quvchi qizlar tashrif buyurdi.

Festival davomida qizlarga bolalar va o'smirlar futbol maktablarida faoliyat yuritadigan murabbiylar ushbu sport turi bilan bog'liq bo'lgan turli mashqlarni bajarishni o'rgatdilar, turli xil qiziqarli va ko'ngilochar konkurslar tashkil etiladi. Shuningdek, qizlar futbol qonun qoidalari haqida ma'lumotlar berildi.

Takidlash kerakki, ushbu festival O'FF tomonidan ananaviy tarzda o'tkazib kelinyapti. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com