Ayollar futboli. 2018 yilgi Osiyo chempionati saralashiga qur'a tashlandi

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2017, 19:19
Bugun ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslariga qur'a tashlandi.
Unga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasi "B" guruhida Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston va KXDR bilan kurash olib boradigan bo'ldi.

Final bosqichiga chiqib bo'lgan 4ta jamoa ma'lum. Mezbon Iordaniya, 2014 yilgi Osiyo chempionati sovrindorlari Yaponiya, Avstraliya va Xitoy.

Saralash bahslarida 4ta guruhda birinchi bo'lgan jamoalar yuqoridagi 4ta jamoa bilan birga qita chempionati final bosqichida qatnashishadi.

Ayollar o'rtasida Osiyo chempionati final bosqichi 2018 yil 7-22 aprel kunlari Iordaniya mamlakatida bo'lib o'tadi.


"A" guruhi:
Iordaniya, Filippin, Bahrayn, Iroq, BAA, Tojikiston
"B" guruhi: Janubiy Koreya, O'zbekiston, Gonkong, Hindiston, KXDR
"C" guruhi: Tailand, Xitoy Taypei, Livan, Falastin, Guam
"D" guruhi: Vetnam, Myanma, Eron, Suriya, Singapur

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia