Aybek Nurboev “Istiqlol”dan ketdi

Narzulla Saydullayev
24 dek 2019
So'nggi yillarni PRO-Liga qatnashchisi Farg'onaning “Istiqlol” klubida o'tkazgan tajribali futbolchi jamoa bilan xayrlashishga qaror qildi.

Aybek Nurboevning aytishicha, u “Istiqlol” klubida boshqa to'p tepmoqchi emas. – Ochig'ini aytganda, “Istiqlol”dagi ichki muhit va jamoa menga umuman to'g'ri kelmadi. Futbol o'ynash orqali, nafaqat pul topasan balki zavq ham olish kerak. Farg'onada buni imkoni yo'qligini tushunib etdim. Shu bois u erga boshqa bormaslikka qaror qildim.

Tan olaman, so'nggi yillarda faoliyatimda sezilarli pasayish yuz berdi. Qiyin vaziyatdan chiqib keta olmayapman. Agarda bu yil ham Superliga klublaridan chorlov bo'lmasa, butsalarimni mixga ilmoqchiman.

- Menga Qoraqalpog'iston futbol associaciyasidan taklif bo'ldi. Hozirda o'zim uchun yangi bo'lgan futbolning boshqa bir qismida ish o'rganish jarayonini o'tkazyapman. Associaciya vice-prezidenti lavozimida sobiq hakam Ishoq Ibragimov ish yuritmoqda. U kishi menga yordam berishim kerakligini so'rab, taklif qilganida yo'q degim kelmadi. Extimol yanvar oyidan rasman Qoraqalpog'iston futbol associaciyasida faolyatimni boshlarman – deydi Aybek Nurboev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia