"Ayaks"ga yangi murabbiy tayinlandi

Sherzod Nurmatov
12 may 2022, 20:26
Amstyerdam klubi Alfred Sxroyderni bosh murabbiy etib tayinlaganini e'lon qildi.

"Ayaks" rasmiy sayti xabariga ko'ra, 49 yoshli niderlandiyalik bilan tuzilgan shartnoma ikki yilga mo'ljallangan va u yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.

Sxroyder "Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag o'rnini egallaydi, u esa "Manchester Yunayted"ni boshqaradi. 2018/19 yilgi mavsumda u Amstyerdam klubida ten Xagning yordamchisi sifatida ishlagan. Keyinchalik "Barselona"da Ronald Kumanga assistentlik qilgan. 2022 yilning yanvarida esa "Bryugge" klubi boshqaruvini qo'lga olgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: english.ajax.nl