“Ayaks” va “MYU” muxlislari uchun 9,5 ming donadan chipta ajratiladi

Aslanov Jasurbek
12 may 2017, 22:51
UEFA Yevropa ligasi finalida ishtirok etuvchi jamoalar – “MYU” va “Ayaks” muxlislari uchun chiptalar kvotasini ma'lum qildi.

Har ikkala jamoa muxlislari uchun final bellashuvi o'tkaziladigan Stokgolmdagi “Frends Arena”dan (50 ming tomoshabinga mo'ljallangan) 9,5 ming donadan chipta ajralitaladi.

Qolgan chiptalar erkin savdoga chiqarilgan bo'lib, ularning ma'lum qismi uchrashuv tashkilotchilari, milliy assotsiatsiyalar, tijoriy hamkorlarga ajratilgan.

“Ayaks” va “MYU” o'rtasidagi final bahsi 24 may kuni o'tkaziladi. Uchrashuvni sloveniyalik Damir Skomina boshqarib boradi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC