"Ayaks" Overmars bilan shartnoma uzaytirilishini e'lon qildi

Alisher
8 dek 2021, 15:53
"Ayaks" Chempionlar Ligasi guruh bosqichini 6ta o'yindagi 6ta g'alaba bilan yakunladi.

Klub matbuot xizmati esa Mark Overmars bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi so'nggiga qadar uzaytirishi haqida e'lon qildi. Qaror akciyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida qabul qilinishi kerak.

Futbol masalalari bo'yicha "Ayaks" direktori Mark Overmarsning amaldagi shartnomasi 2024 yilning noyabr oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Bayonotda shuningdek Mark Overmarsning ham Amstyerdam klubida ishlashni davom ettirish xohishi haqida xabar berilgan. Overmars 2012 yilning yozidan beri ushbu lavozimda ishlab keladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ajax.nl