"Ayaks" futbolchisi "Manchester Yunayted"ga o'tishni istamoqda

Mirjalol Normatov
25 avg 2022, 13:50
"Ayaks" futbolchisi Antoni "Manchester Yunayted"ga o'tishni istamoqda.

22 yoshli braziliyalik futbolchi shu sababdan klubidan tezroq mankunianliklar bilan kelishib olishlarini va yaqin 2 kun ichida barchasini hal qilib berishlarini so'ramoqda.

Futbolchining o'zining transferi klubiga ham o'ziga ham foydali bo'lishini aytgan. Antonining vakillari esa Manchestyerdan uy qidirishni boshlab yuborgan.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, "Yunayted" Antoni uchun 94 million evro to'lashga tayyor turibdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2025 yil yoziga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal