"Ayaks" futbolchisi "Barselona"ga o'tishga rozi bo'ldi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2019, 13:10
"Ayaks" yarim himoyachisi Frenki De Yong faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchi Kataloniya klubiga o'tishga rozi bo'lgan. Aytilishicha, tomonlar 5 yillik shartnoma borasida kelishib olishgan. "Ayaks" ushbu transfyerdan 75 million evro ishlab oladi.

De Yongning xizmatlariga PSJ, "Bavariya" va "Manchester Siti" kabi jamoalar tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo