"Ayaks" "Feyenoord"ning eng yaxshi to'purarini transfer qiladi

Alisher
12 iyul 2021
"Ayaks" "Feyenoord" bilan Rottyerdam klubi hujumchisi Stiven Bergeysning transferi borasida kelishuvga erishdi.

Insayder Mayk Verveyning xabariga ko'ra, "Ayaks" 29 yoshli futbolchining transferi uchun 4 mln evro to'laydi.

Vinger amstyerdamliklar bilan to'rt yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

Bergeys 2020/21 yilgi mavsum "Feyenoord" tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 16ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/mikeverweij