"Ayaks" "Atletiko"ning Alderveyreld borasidagi taklifini rad qildi

Tolibjon Qosimov
23 avg 2013, 17:44
Amstyerdamning "Ayaks" klubi jamoa himoyachisi va vice-sardori Tobi Alderveyreldga kelib tushgan navbatdagi taklifni rad etdi.
Belgiya matbuotining xabariga ko'ra futbolchiga "Atletiko" taklif bilan chiqqan, ammo "Ayaks"ni transfer narxi qoniqtirmagan. "Ayaks" futbolchini kamida 8 million evroga sotmoqchi.

Belgiya terma jamoasi a'zosiga "Zenit" va "Spartak" kabi Rossiya klublari ham qiziqishmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com