"Ayaks" asosiy himoyachisi bilan kelishuvni uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
28 okt 2021, 20:25
Niderlandiya klubi rasmiy sayti markaziy himoyachi Edson Alvares bilan yangi shartnoma tuzilganini e'lon qildi.

Tomonlar kelishuvni 2025 yilga qadar uzaytirishdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyunida tugashi lozim edi.

"Ayaks" meksikalikni 2019 yilning yozida 15 million evro evaziga xarid qilgandi. U shu kungacha 74 o'yinda 6 ta gol urdi hamda 2 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: english.ajax.nl