Avtomobillar AGMK a'zolarini kutmoqda FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov
9 noya 2018, 15:22
Olmaliq shahrida katta futbol bayrami davom etmoqda.

AGMK klubi O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgani munosabati bilan bugun shaharda katta bayram tadbiri o'tkazilmoqda.

Bugun AGMK murabbiy, futbolchi va xodimlariga klub rahbariyati tomonidan avtomobillar topshiriladi.


Bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov va klub direktori Muxtor Qurbonovga "Jentra" (Lasetti), futbolchilar va murabbiylar shtabidagilarning har biriga "Kobalt", klubning ishchi guruhi (Adminsratorlar, shifokor, massajchi, matbuot kotibi va h.)dagilarga esa "Spark" avtomobillari topshiriladi. Ayni paytda ulovlarning barchasi stadionga keltirilgan.



AGMK jamoasi a'zolarini munosib etirof bilan qutlab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia