Avstraliyada endi hakamlar murabbiylarga sariq va qizil kartochkalar bera olishadi

Aslanov Jasurbek
31 okt 2017, 16:41
Hakamlar murabbiylar va xodimlarga kartochka berish mumkin bo'lgan ilk turnir Avstraliyaning A-League va W-League ayollar ligasi bo'ladi.

Bunday qaror murabbiylarning hakamga nisbatan haqoratli harakatlariga qarshi qabul qilindi.

"Endi hakamlar murabbiylarni chetlatishdan avval ogohlantira oladi" - deydi A-League va W-League rahbari Greg O'Rurk aytdi.

Murabbiylar texnik zonadagi turli qoidabuzarliklar, turli buyumlar otish, haqoratli so'zlar, hakamlar bilan bahslashuv, vaqtni cho'zish uchun kartochkalar bilan "siylanishadi".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN FC