Avstraliya terma jamoasining yangi sardori ma'lum

Xayrulla Xoliqov
17 noya 2018, 13:29
Osiyo Kubogi-2019da Avstraliya terma jamoasiga kim sardorlik qilishi ma'lum bo'ldi.

Terma jamoa ustozi Grexem Arnold bundan buyon Mark Miligan sardorlik bog'ichini taqishini matbuotga bildirdi. Mark Miligan "sokkeruzlar" safida 72ta o'yinda maydonga tushgan bo'lib, u Avstraliya futboli tarixida terma jamoaning 56-sardori hisoblanadi.

Miligan bog'ichni avvalgi sardor Mayl Edinakdan qabul qilib oldi. Ma'lumki, Edinak o'tgan oy xalqaro faoliyatini yakunladi. Terma jamoa ustozi yangi sardor haqida shunday dedi: "Mark qariyb 12 yildan beri terma jamoada to'p tepyapti. U juda ajoyib xarakterga ega. U  - yetakchi va sheriklarini ortidan etaklay oladi".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com