

Yig'in doirasida Avstraliya termasi bosh murabbiyi Grexem Arnold 31 nafar futbolchini taklif etdi. Futbolchilar orasida bir nechta yoshlar ham bor.
Grexem Arnold jamoani Osiyo Kubogiga jiddiy tayyorlashni maqsad qilgan. Murabbiy yig'in oldidan shunday dedi: "Turkiyadagi yig'in biz uchun jahon chempionatidan so'ng ilk yig'ilish bo'ladi. Biz u yerda etti kun mashg'ulot olib boramiz. Men jamoani va o'yinchilarni alohida o'rganishga harakat qilaman. Mashg'ulotlarda 31 futbolchi qatnashadi. Ular orasida yoshlar ham bor. Mening asosiy maqsadim terma jamoani yoshartirish".



