Avgust oyining eng yaxshi hakami aniqlandi

Оқил Абдубарноев
28 sen 2023
Coca Cola Superliga avgust oyi uchrashuvlarida ishlagan hakamlar orasidan eng yaxshisini aniqlash borasida o'tkazilgan so'rovnoma o'z nihoyasiga etdi.

Ovoz berish yakunlariga ko'ra, Akobirxo'ja Shukurullaev avgust oyining eng yaxshi hakami deb topildi va O'zbekiston futbol hakamlari markazi tomonidan maxsus statuetkava besh million so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi. 

Demak, o'tgan oyning eng yaxshi hakamlari ketma-ketligi bilan tanishing:

1. Akobirxo'ja Shukurullaev

2. Aziz Asimov

3. Asker Najafaliev


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази