"Avelino" lanatlangan klubmi? Nega har safar ular ligani o'zgartirsa Rim Papalari vafot etadi?

Aslanov Jasurbek
22 apr 2025, 02:11
Italiyaning Avellino futbol klubi va uning keyingi ligaga ko'tarilishi 67 yil davomida Rim Papalarining vafoti yoki taxtdan voz kechishi bilan hayratlanarli tarzda mos tushmoqda.

Il Mattino tomonidan qayd etilgan bu qonuniyat quyidagicha ko'rinadi:

1958: Avellino S Seriyaga chiqadi – Piy XII vafot etadi.


1963: Klub yana ko'tariladi – Ioann XXIII vafot etadi.


1978: Avellino A Seriyaga chiqadi – bir yil ichida ikki kishi vafot etadi: Pavel VI va Ioann Pavel I.


2005: Klub B Seriyaga chiqadi – Ioann Pavel II vafot etadi.


2013: Avellino B Seriyaga qaytadi – Benedikt XVI taxtdan voz kechadi.


2025: 19 aprel kuni Avellino Seriya B ga chiqadi – 21 aprel kuni Papa Francisk vafot etadi.


Bu hodisalar zanjiri qiziqish va taxminlarni keltirib chiqarmoqda, Biroq, Katolik cherkovining rasmiy poziciyasi bunday talqinlarga nisbatan betaraf bo'lib qolmoqda, bazilar esa bunday bashoratlarni o'tmishda papa saylovlariga ta’sir o'tkazish uchun yaratilgan soxta deb hisoblaydi.

Takidlash joizki, Papa Francisk 2025 yil 21 aprel kuni 88 yoshida Vatikandagi qarorgohida uzoq davom etgan pnevmoniya bilan bog'liq kasallikdan so'ng insult yoki miyaga qon quyilishi tufayli vafot etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Il Mattino