

Biz o'yindan so'ng yosh futbolchining dastlabki o'yini haqida fikrlarini so'radik.
- Ilk marta asosiy tarkibda o'ynadim. Menga ishonch bildirishgani uchun murabbiylarimga rahmat. O'yin yaxshi bo'ldi, 3-golni kutilmaganda o'tkazib yubordik. O'yin 2:2 hisobi bilan tugaganda adolatli bo'lardi.
O'zimning o'yinimdan qoniqdimmi? Meni o'yinimga bahoni murrabiylar va muxlislar berishgani maqul. Endi ikkinchi davrada chiroyli o'yin va yaxshi natijalar ko'rsatishga astoydil harakat qilamiz, - deydi futbolchi.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati



