"Atletiko"ning yana bir asosiy himoyachisi jamoadan ketayotganligini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
21 iyul 2019, 17:14
Braziliyalik himoyachi Felipe Luis "Atletiko" bilan xayrlashdi.

Uning xayrlashuv marosimiga klub rahbariyati, bosh murabbiy va bir qator futbolchilar tashrif buyurdi.

"Atletiko"dagi faoliyatimdan zavq olganman. Bugun men g'amgin bo'la olmayman. Men tark etayotgan klub uchun jonimni berishgacha tayyorman", - dedi Luis.

Yaqin vaqtlarda u "Flamengo" jamoasiga o'tadi. Luisning "Atletiko" bilan shartnomasi yakunlandi va u erkin agent sifatida jamoani tark etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal