"Atletiko"ning ikki futbolchisi jarohat oldi

Mirjalol Normatov
8 okt 2021, 17:51
"Atletiko" forvardi Luis Suares hamda himoyachisi Xose Ximenes Urugvay termasi tarkibida jarohat oldi.

Futbolchilar JCH-2022 saralashi doirasida Kolumbiya termasiga qarshi o'yinda jarohat orttirib olgan.

Suaresda tizzasi bilan muammolar bor. U Yerri Mina bilan to'qnashib ketgan. Ximenes esa mushaklaridagi jarohati sababli 2-3 haftani o'tkazib yuborishi mumkin.

Yaqin vaqtlar ichida ular klubi ixtiyoriga qaytadi va tibbiy ko'rikdan o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es