

"Qizil iblislar" yetakchisi Krishtianu Ronalduning "Atletiko"ga qarshi o'yinlari muxlislarning yodidan chiqmagan bo'lsa kerak.

Portugaliyalik forvard "matraschilar" bilan 35 marotaba to'qnash kelib, 25 ta gol urgan.

Hujumchi "Real" tarkibida Chempionlar ligasi finalida, La Liga o'yinlarida, shuningdek, yevropaning nufuzli turnirida "Yuventus" tarkibida guruh bosqichi va nimchorak final bahslarida "Atletiko"ga qarshi maydonga tushib, jamoasining muhim gollarini kiritgan.




